Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘️ BOG‘OT TUMANIDA “MAHALLA YETTILIGI” VA FUQAROLAR O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 “DO‘STLIK” MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR VA EHTIYOJMAND FUQAROLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI VA KO‘CHA INFRASTRUKTURASI O‘RGANILDI
янв.21
“DO‘STLIK UYI”DAGI RASMLAR KO‘RGAZMASI VA AHOLI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
“ULLI HOVLI” TURISTIK MAJMUASIDA MADANIY MEROS OBYEKTLARI VA MUZEY EKSPONATLARINING SAQLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
"TURKMANLAR" MAHALLASIDAGI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA NNT HAMKORLIGI
янв.21
“ULLI HOVLI” TURISTIK MAJMUASIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
🏢 “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
GURLAN TUMANIDA KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI O‘RGANILDI
BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VA HUQUQIY SAVODXONLIKNI OSHIRISH — DEPUTAT E’TIBORIDA

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VA HUQUQIY SAVODXONLIKNI OSHIRISH — DEPUTAT E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova ishtirokida Yakkasaroy tumanidagi 172-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari uchun “Bolalar huquqlari” mavzusida huquqiy-ma’rifiy seminar tashkil etildi.

🔺 Mazkur seminar o‘quvchilarning o‘z huquq va qonuniy manfaatlari, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar hamda ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy kafolatlar haqidagi bilimlarini oshirish maqsadida o‘tkazildi.

📚 Tadbirda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova “Bolalar huquqlari” mavzusida ma’ruza qilib, mamlakatimizda bolalarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda har tomonlama barkamol voyaga yetishi uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida ma’lumot berdi.

⚖️ Xususan, bolalarning ta’lim olish, sog‘lom va xavfsiz muhitda ulg‘ayish, o‘z huquqlaridan erkin foydalanish hamda turli tazyiq va zo‘ravonliklardan himoyalanish huquqlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🛡 Seminarda bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ularning sha’ni, qadr-qimmati va qonuniy manfaatlarini hurmat qilish, huquqlari buzilgan holatlarda tegishli himoya mexanizmlaridan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Deputat Vasila Alimova o‘z ma’ruzasida bolalar huquqlarini himoya qilish faqat davlat organlari yoki ta’lim muassasalarining vazifasi emas, balki oila, mahalla, maktab va keng jamoatchilikning o‘zaro hamkorligini talab etadigan muhim masala ekanini ta’kidladi.

🏫 Shuningdek, bolalarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda qonunlarga hurmat, o‘z huquq va majburiyatlariga mas’uliyat bilan yondashish ko‘nikmalarini shakllantirishda ta’lim muassasalarining o‘rni muhimligi qayd etildi.

💡 Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan yoshlar bilan ishlash, ularning huquqiy bilimlarini oshirish, ta’lim muassasalarida xavfsiz muhitni ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish vazifalari bilan hamohangdir.

🔎 Seminar davomida bolalar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud huquqiy mexanizmlar hamda bu jarayonda mas’ul tashkilotlar, ota-onalar va jamoatchilikning vazifalari yuzasidan ham tushunchalar berildi.

🗣 Ochiq muloqot shaklida davom etgan tadbirda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga javob oldilar. Shuningdek, mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, bolalar huquqlari va ularni himoya qilish masalalari bo‘yicha bilimlarini yanada boyitdilar.

🤝 Vasila Alimova ishtirokidagi mazkur seminar yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini anglashiga ko‘maklashish hamda ta’lim muassasalarida huquqiy-ma’rifiy ishlarning ahamiyatini kengroq tushuntirishga xizmat qildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7