Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA INVESTITSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
47-SON OILAVIY POLIKLINIKADA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
28-SON MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛️ PQ-49-SONLI QAROR IJROSINI TA’MINLASH: XORAZM VILOYATIDA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH CHORA-TADBIRLARI
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA TADBIRKORLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI DEPUTAT SIFATIDA O‘Z SAYLOV OKRUGIDAGI FAOLIYATINI OLIB BORMOQDA
янв.21
XONQA TUMANIDAGI 18-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishi hamda 2026-yil 11-sentyabrdagi PF-193-son Farmoniga asosan O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tomonidan tumandagi tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida tumanning “Besh-tut” mahallasidan “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan oilalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🔻O‘rganish davomida mahallada “Ijtimoiy himoya reyestri”ga jami 26 ta oila kiritilgan bo‘lib, ularning 8 tasi davlat ta’minotidagi, 15 tasi kambag‘al hamda 3 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalar toifasiga mansub. Deputat xonadonlarga borib, har bir oilaning ijtimoiy holati bilan yaqindan tanishdi. Xususan, oila a’zolarining bandligi, daromad manbalari, mehnat qilish imkoniyatlari, mavjud ehtiyojlari hamda ijtimoiy xizmat va ko‘maklarga bo‘lgan talablari o‘rganildi.

🔻O‘rganish jarayonida kambag‘al oilalarni bosqichma-bosqich kambag‘allikdan chiqarish, ularning mehnatga layoqatli a’zolarini doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanishga ko‘maklashish muhimligi qayd etildi.

🔻Shuningdek, kambag‘allik chegarasidagi 3 ta oila bilan alohida ishlash, ularning mavjud daromad manbalarini saqlab qolish va kengaytirish orqali kambag‘al oilalar qatoriga tushib qolishining oldini olish zarurligi ta’kidlandi. Davlat ta’minotidagi oilalarga esa ularning ehtiyojidan kelib chiqib, ijtimoiy xizmatlar va mavjud qo‘llab-quvvatlash choralaridan samarali foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 3