Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA INVESTITSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
47-SON OILAVIY POLIKLINIKADA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
28-SON MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛️ PQ-49-SONLI QAROR IJROSINI TA’MINLASH: XORAZM VILOYATIDA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH CHORA-TADBIRLARI
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA TADBIRKORLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI DEPUTAT SIFATIDA O‘Z SAYLOV OKRUGIDAGI FAOLIYATINI OLIB BORMOQDA
янв.21
XONQA TUMANIDAGI 18-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Investitsiya loyihasi ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tomonidan tumanning “Pargos” mahallasida barpo etilayotgan uy-joy va ko‘ngilochar majmua investitsiya loyihasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔵Ma’lumotlarga ko‘ra, “Interesting Siti” MChJ tomonidan mazkur investitsiya loyihasi doirasida mahalla hududida 10 ta ko‘p qavatli uy-joy va ko‘ngilochar obyektlarni qurish rejalashtirilgan. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida hududda zamonaviy turar joylar bilan bir qatorda, aholi uchun dam olish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish imkonini beruvchi obyektlarni barpo etish ko‘zda tutilgan.

🔵Ayni vaqtda loyihaning birinchi bosqichi doirasida birinchi binoning qurilish ishlari olib borilmoqda. Deputat tomonidan qurilish maydonida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishilib, belgilangan rejalarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishiga e’tibor qaratildi. O‘rganish davomida qurilish jarayonini belgilangan talablar asosida tashkil etish, ishlar sifatini ta’minlash, qurilish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etish hamda loyihada belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi muhimligi qayd etildi.

🔵Shuningdek, loyiha doirasida barpo etilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli uy-joylar va ko‘ngilochar obyektlarning mahalla hududining umumiy infratuzilmasi bilan uyg‘unlashuvi, aholi uchun qulay sharoitlar yaratilishiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Deputat tomonidan loyihaning keyingi bosqichlarida ham qurilish ishlarining sifatli tashkil etilishi, belgilangan obyektlarning o‘z vaqtida barpo etilishi va hududni obodonlashtirish masalalariga e’tibor qaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3