Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA INVESTITSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
47-SON OILAVIY POLIKLINIKADA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
28-SON MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛️ PQ-49-SONLI QAROR IJROSINI TA’MINLASH: XORAZM VILOYATIDA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH CHORA-TADBIRLARI
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA TADBIRKORLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI DEPUTAT SIFATIDA O‘Z SAYLOV OKRUGIDAGI FAOLIYATINI OLIB BORMOQDA
янв.21
XONQA TUMANIDAGI 18-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #8_band #162_qonun #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Kokildorota” mahallasida ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi

Aholi uchun xavfsiz va qulay yashash muhitini yaratish, mahalla ichki yo‘llarining holatini yaxshilash, ko‘chalarni tungi vaqtda yetarli darajada yoritish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kengashining 25-"Kokildorota" saylov okrugi deputati M.Sidiqovaning okrugi hududidagi “Kokildorota” mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi ichki ko‘cha yo‘llarining holati, yo‘l qoplamalarining saqlanganligi, ko‘chalarning tungi yoritilishi, transport harakati uchun mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, avtomobil yo‘llarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklar, piyodalar va transport vositalari harakati uchun xavf tug‘diruvchi nuqtalar hamda yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish”ning 8-bandi — mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritish, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar hamda YTHlar ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda ularni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘rganish mezoni asosida tashkil etildi.

E’tiborli jihati, deputatning saylov okrugidagi faoliyati faqat yig‘ilish va majlislar bilan cheklanib qolmay, “ko‘chama-ko‘cha aylanish” tamoyili asosida bevosita hududning o‘zida olib borilmoqda.
Deputat tomonidan saylov okrugida amalga oshirilgan ishlar “ko‘chama-ko‘cha aylanish” jurnalida qayd etilib, foto-dalillar bilan rasmiylashtirib borilayotgani ham faoliyatning amaliy natijadorligini ko‘rsatmoqda.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchilik va muammolar mas’ullar e’tiboriga yetkazilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Ayniqsa, ichki ko‘chalarning yaroqli holatda saqlanishi, tungi yoritish tizimlarini yaxshilash, transport va piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash hamda YTHlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralarni kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.