Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA INVESTITSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
47-SON OILAVIY POLIKLINIKADA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
28-SON MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛️ PQ-49-SONLI QAROR IJROSINI TA’MINLASH: XORAZM VILOYATIDA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH CHORA-TADBIRLARI
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA TADBIRKORLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI DEPUTAT SIFATIDA O‘Z SAYLOV OKRUGIDAGI FAOLIYATINI OLIB BORMOQDA
янв.21
XONQA TUMANIDAGI 18-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
MUAMMO E’TIBORSIZ QOLDIRILMAYDI
#tavsiyalar
#qonun_162
#deputatlik_nazorati

MUAMMO E’TIBORSIZ QOLDIRILMAYDI

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati, Kogon shahar hokimi M. To‘raboyevning saylov okrugiga kiruvchi Amir Temur mahallasida mahalla binosini suv quvuri bilan ta’minlash masalasi bo‘yicha murojaat kelib tushdi.

Murojaat deputatning muammolarni qayd etish daftariga belgilangan tartibda kiritildi. Mazkur masalaga shunchaki murojaat sifatida emas, aholining kundalik hayoti va mahalla infratuzilmasi bilan bevosita bog‘liq muhim masala sifatida yondashilib, uning amaliy yechimini ta’minlash choralariga e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasiga muvofiq, deputat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborish huquqiga ega.

Shu huquqiy asosdan kelib chiqib, murojaatda ko‘tarilgan masalani ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

Mazkur jarayonni tashkiliy jihatdan muvofiqlashtirish, murojaatni tegishli tartibda rasmiylashtirish va ijrosi yuzasidan monitoring olib borish Kogon shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi Z. Temirova zimmasiga yuklatildi.

Bugungi zamonaviy boshqaruvning asosiy mezoni — muammoni shunchaki aniqlash emas, balki uni aniq huquqiy mexanizm orqali natijaga aylantirishdir. Fuqaro murojaati qayd etilgan daqiqadan boshlab uning yechimi bo‘yicha aniq qadamlar belgilanayotgani ham aynan shu tamoyilning amaliy ifodasidir.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 2