Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA INVESTITSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
47-SON OILAVIY POLIKLINIKADA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
28-SON MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛️ PQ-49-SONLI QAROR IJROSINI TA’MINLASH: XORAZM VILOYATIDA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH CHORA-TADBIRLARI
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA TADBIRKORLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI DEPUTAT SIFATIDA O‘Z SAYLOV OKRUGIDAGI FAOLIYATINI OLIB BORMOQDA
янв.21
XONQA TUMANIDAGI 18-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Y.Xolmurotov O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limida tomonidan ta’minlanish holatini o‘rgandi.

🟢O‘rganish davomida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, oilaviy nizolarning oldini olish, murojaatlar bilan ishlash hamda zo‘ravonlik holatlariga barvaqt barham berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Bo‘lim boshlig‘i L.Shodiyevaning ma’lum qilishicha, hisobot davrida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq yoki zo‘ravonlik holatlari yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan 744 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 450 tasi oilaviy-turmush nizolari bilan bog‘liq holda kelib tushgan bo‘lib, 411 ta murojaat ijobiy hal etilgan.

Mazkur ko‘rsatkichlar oilaviy muhitda yuzaga kelayotgan nizolarni barvaqt aniqlash, ularning sabablarini o‘rganish va profilaktik choralarni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan, murojaatlar bilan ishlashda har bir holatga individual yondashish, muammoning asl sabablarini aniqlash va uni takroran yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan choralarni belgilash muhimligi ta’kidlandi.

O‘rganish jarayonida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda bu borada jamoatchilik xabardorligini oshirish maqsadida “Dolzarb 18 kun” tadbirlari o‘tkazib kelinayotgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, zo‘ravonlikning oldini olishda yoshlar va ta’lim muassasalari bilan ishlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, tumandagi 55 ta umumta’lim maktabida har oyda bir marotaba tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🟢O‘rganish davomida zo‘ravonlik xavfi yuqori bo‘lgan hududlar sifatida “Uyenkulsay”, “Dumaloq” va “Qoronqul” MFYlari alohida qayd etildi. Mazkur mahallalarda profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, xavf guruhiga kiruvchi oilalar bilan manzilli ishlash hamda oilaviy nizolarning og‘irlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik muhimligi ta’kidlandi.

🟢Deputat tomonidan Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyatida murojaatlarni ko‘rib chiqish bilan bir qatorda, tazyiq va zo‘ravonlikka olib keluvchi omillarni barvaqt aniqlashga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, ichki ishlar organlari, mahalla faollari, ta’lim muassasalari va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3