Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘️ BOG‘OT TUMANIDA “MAHALLA YETTILIGI” VA FUQAROLAR O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 “DO‘STLIK” MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR VA EHTIYOJMAND FUQAROLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI VA KO‘CHA INFRASTRUKTURASI O‘RGANILDI
янв.21
“DO‘STLIK UYI”DAGI RASMLAR KO‘RGAZMASI VA AHOLI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
“ULLI HOVLI” TURISTIK MAJMUASIDA MADANIY MEROS OBYEKTLARI VA MUZEY EKSPONATLARINING SAQLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
"TURKMANLAR" MAHALLASIDAGI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA NNT HAMKORLIGI
янв.21
“ULLI HOVLI” TURISTIK MAJMUASIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
🏢 “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
GURLAN TUMANIDA KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#Biriktirilgan_tashkilot
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: DXM va FHDYO bo‘limlari faoliyati hamda uy-joy huquqlarini rasmiylashtirish masalalari o‘rganildi

✅Bandixon tumanida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada yaxshilash, fuqarolarning uy-joy va ko‘chmas mulkka bo‘lgan qonuniy huquqlarini e’tirof etish hamda idoralar faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati N.Allamuratova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tumandagi Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYO bo‘limida bo‘lib, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar jarayonini ko‘zdan kechirdi.

✅Monitoring davomida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik talablariga rioya etilishi, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari hamda elektron xizmatlardan foydalanish darajasi tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolarning o‘z uy-joylariga nisbatan egalik huquqini e’tirof etish bilan bog‘liq masalalari tinglanib, ularga huquqiy ko‘mak ko‘rsatildi.

✅O‘rganish natijalari bo‘yicha idoralar faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga qulayliklar yaratish va murojaatlar bilan ishlash intizomini mustahkamlash yuzasidan mutasaddi xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2