Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
HAR BIR MAHALLADA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIK MASALASI — ANIQ NATIJA MEZONIDA

HAR BIR MAHALLADA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIK MASALASI — ANIQ NATIJA MEZONIDA

Namangan shahar hokimligi majlislar zalida shahardagi “mahalla yettiligi” ishtirokida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligiga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Ayubxon Kamolov hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilib, unda belgilangan vazifalarning ijrosi har bir mahalla kesimida atroflicha tahlil qilindi.

Muhokama davomida aholini doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yetarli natija ko‘rsata olmayotgan mahallalar faoliyatiga tanqidiy baho berildi.

Mas’ullarga mavjud muammolarni joyida va manzilli hal etish, har bir xonadon bilan individual ishlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va daromadli mehnatga jalb etish, shuningdek, kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aniq choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullar kesimida aniq muddatlar belgilanib, natijadorlikni muntazam tahlil qilib borish hamda ijroni qat’iy nazoratga olish vazifalari belgilandi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doirasida aholi bandligini ta’minlash, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnatga jalb etish hamda “mahalla yettiligi” bilan manzilli ishlash masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Slide 1 of 4