Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#162_ta_qonun
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
📚🏛Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi


📖 Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, aholining axborot-kutubxona xizmatlaridan samarali foydalanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish hamda muassasalar faoliyatini takomillashtirish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-“Katta hayot–Do‘stlik” saylov okrugi deputati T. Mirzayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov “Do‘stlik” mahallasi hududida joylashgan Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi.

🤝 Tashrif davomida markazning kundalik faoliyati, kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, mavjud shart-sharoitlar hamda muassasa oldida turgan dolzarb masalalar bilan yaqindan tanishildi. Mas’ullar bilan muloqot davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini oshirish va aholining, ayniqsa, yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

📑 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan savolnoma asosida o‘rganish olib borildi.
🔎 O‘rganish jarayonida:
·         📌 axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etishga oid ichki hujjatlarning yuritilishi;
·         📚 kutubxona fondini shakllantirish, saqlash va undan foydalanish holati;
·         💻 elektron kutubxona va elektron katalog imkoniyatlaridan foydalanish;
·         🌐 zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlar;
·         ⭐️ foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va qulayligi;
·         🔒 axborot-kutubxona resurslaridan erkin hamda xavfsiz foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

💬 O‘rganish davomida muassasa faoliyatini yanada rivojlantirish, zamonaviy xizmat turlarini kengaytirish, kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

✅ Yakunda aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda axborot-kutubxona xizmatlari sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, kelgusida deputatlik nazorati doirasida hamkorlikni davom ettirish va belgilangan vazifalar ijrosini monitoring qilishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 3