Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
#Munosabat

#Munosabat
YOSHLARGA NISBATAN ZO‘RAVONLIK SODIR ETGAN SHAXSLARGA NISBATAN JAZO CHORALARINI KUCHAYTIRISH

Bugungi kunda yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Yoshlarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishi — jismoniy, ruhiy, psixologik yoki boshqa shakllarda namoyon bo‘lishidan qat’i nazar, yosh avlodning erkin, sog‘lom va barkamol rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois bunday holatlarning oldini olish, zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda bunday qilmishlarni sodir etgan shaxslarning javobgarligini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu nuqtayi nazardan, yoshlarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirishga qaratilgan qonunchilikdagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qo‘llab-quvvatlayman.
Men, deputat sifatida, mazkur qonunchilik tashabbusi yoshlarni zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishidan himoya qilish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli ta’minlash, shuningdek, jamiyatda qonun ustuvorligi va inson qadrini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, deb ishonch bildiraman.
Sattorova Dinora Jumanazarovna
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati