Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #162_qonun #haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #KQ_35 Qonun ijrosi va mahalla faoliyati deputatlik nazoratida
Mahallalarda qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash, aholi bandligini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning murojaatlari asosida mavjud muammolarni o‘rganish mahalliy Kengash deputatlarining muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda joylarda tizimli o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyatining haftalik ish rejasi ijrosi yuzasidan Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kengashning 16-“Guliston” saylov okrugi deputati F.Homidov saylov okrugiga qarashli “Guliston” mahallasida bo‘lib, Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar yuzasidan mahalla hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida tashkil etilib, deputatlarga biriktirilgan 162 ta qonun hujjati asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-son Qonuni asosida tuzilgan savolnoma orqali mahalla hokim yordamchisining mazkur yo‘nalishdagi faoliyati ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolar bilan ishlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasidagi ishlarning holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash va mazkur yo‘nalishda deputatlik nazoratini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.