Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Bobur bog‘i yangi qiyofa kasb etmoqda

Bobur bog‘i yangi qiyofa kasb etmoqda

Namangan shahridagi “Sharq tongi” mahallasida joylashgan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i “Zarbdor tajribasi” asosida zamonaviy qiyofaga keltirilmoqda.

Umumiy maydoni 16 gektar bo‘lgan bog‘ni rekonstruksiya qilish uchun 3,8 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Loyiha doirasida bog‘ hududini yanada obod va zamonaviy ko‘rinishga keltirish, tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda tungi yoritish tizimini takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, hududga 300 dona dekorativ bog‘ chiroqlari, daraxtlar va yashil hududlarni yoritish uchun 250 dona spot-chiroqlar o‘rnatilishi, kirish qismida zamonaviy darvoza arkalari va bezak elementlari barpo etilishi, shuningdek, ochiq sahna hamda tadbirlar maydonchasini rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan.

Mazkur qurilish va obodonlashtirish ishlari “CHELSI QURILISH DIZAYN” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov bog‘ hududida bo‘lib, olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, qurilish jarayonining borishi hamda loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi. Ishlarni sifatli tashkil etish va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bog‘da o‘tkaziladigan bayram tadbirlari vaqtida jamoat xavfsizligini ta’minlash, tashrif buyuruvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Yangilanayotgan Bobur bog‘i shaharliklar va mehmonlar uchun zamonaviy, obod va ko‘rkam madaniyat hamda istirohat maskaniga aylanishi ko‘zda tutilmoqda.

Slide 1 of 5