Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
299-sonli maktab atrofida o‘quvchilar xavfsizligini kuchaytirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ 299-sonli maktab atrofida o‘quvchilar xavfsizligini kuchaytirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Umidjon Sanakulov tomonidan Shayxontohur tumani “Katta Jarariq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 299-sonli umumta’lim maktabi atrofida yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish masalasi yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i M.Adilov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📝 Deputatlik faoliyati doirasida hududda olib borilgan o‘rganishlar davomida 299-sonli umumta’lim maktabi atrofida, ayniqsa maktab bilan “Uzumzor” restorani oralig‘idagi yo‘l qismida o‘quvchilarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurati mavjudligi aniqlangan.

📍 Mazkur yo‘l qismidan maktab o‘quvchilari muntazam ravishda piyoda foydalanishi, ayniqsa darsga kelish va maktabdan qaytish vaqtlarida transport vositalari hamda piyodalar harakatining kesishishi bolalar xavfsizligiga qo‘shimcha xavf tug‘dirishi mumkinligi qayd etilgan.

⚠️ Shu bois haydovchilarning maktab hududiga yaqinlashganda yanada ehtiyotkor harakatlanishini ta’minlash, transport vositalari tezligini pasaytirish hamda ularni piyodalar va bolalar qatnovi mavjudligidan oldindan ogohlantirishga xizmat qiluvchi qo‘shimcha texnik vositalardan foydalanish masalasi ko‘tarildi.

🔎 Deputat Umidjon Sanakulov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi O‘RQ-900-son “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni talablari hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan 299-sonli umumta’lim maktabi va “Uzumzor” restorani oralig‘idagi yo‘l qismini mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish so‘raldi.

🚦 Xususan, hududdagi “Piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgilarining mavjudligi va ko‘rinuvchanligi, yo‘l chiziqlarining holati, tungi yoritish darajasi hamda piyodalar o‘tish joylarining amaldagi talablarga muvofiqligiga baho berish masalasi deputatlik so‘rovida alohida qayd etilgan.

❌ Shuningdek, haydovchilar e’tiborini maktab o‘quvchilari qatnoviga yanada kuchliroq jalb qilish maqsadida “Uzumzor” restorani va 299-sonli umumta’lim maktabi oralig‘idagi yo‘l qismiga yo‘l-patrul xizmati xodimi maketini o‘rnatish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish so‘ralgan.

✍️ Deputatlik so‘rovida Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i M.Adilovdan o‘rganish natijalari, amalga oshirilgan yoki rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan 10 kun muddatda asoslantirilgan yozma javob taqdim etish talab etilgan.

🤝 Mazkur masala deputat Umidjon Sanakulov tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, asosiy maqsad maktab o‘quvchilari va boshqa piyodalar uchun xavfsiz yo‘l infratuzilmasini shakllantirish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1