Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

O‘rganish jarayonida maktabda ta’lim-tarbiya jarayonining amaldagi holati, o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, pedagog xodimlarning faoliyati, dars mashg‘ulotlarining tashkil etilishi hamda o‘quvchilarning davomati masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, maktabning moddiy-texnik bazasi, sinfxonalar, fan xonalari, kutubxona, sport zali va boshqa yordamchi xonalarning holati ko‘zdan kechirildi. O‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi.

Maktab hududining obodonlashtirilganligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, ichki tartib-intizomning ta’minlanganligi hamda o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish davomida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash, iqtidorli o‘quvchilar bilan individual ishlash, shuningdek, tarbiyasi va nazorati alohida e’tibor talab etadigan o‘quvchilar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Bundan tashqari, maktab jamoasi tomonidan o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ularning huquqiy va ma’naviy bilimlarini oshirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, sport va turli to‘garaklarga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

Maktab rahbariyati va pedagog xodimlar bilan suhbat davomida mavjud muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Aniqlangan masalalarni hal etish, ta’lim muassasasida mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammo va takliflar umumlashtirilib, ularning ijrosini ta’minlash hamda masalalarni tegishli tartibda nazoratga olish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 3