Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
HUDUDDAGI ARIQ SUV YO‘LI TIKLANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PQ–406-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan 15-Zuhro saylov okrugi hududida navbatdagi o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida deputat o‘ziga biriktirilgan tashkilot Obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida Zuhro mahallasidagi 43-ko‘p qavatli uy ro‘parasida yopilib qolgan ariq suv yo‘lini tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar jarayonini joyiga chiqib o‘rgandi.

Aniqlangan muammoni bartaraf etish maqsadida mazkur hududdagi ariq suv yo‘liga 60 metr masofaga diametri 300 millimetr bo‘lgan quvur yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ushbu chora hududda suv oqimini tartibga solish, ariq yo‘lining faoliyatini tiklash hamda aholi uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarning oldini olishga qaratilgan.

Deputatlik nazorati davomida ishlarning belgilangan tartibda va sifatli amalga oshirilishi, hududdagi muammoning to‘liq bartaraf etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday o‘rganishlar deputatning saylov okrugi hududidagi muammolarni bevosita joyiga chiqib aniqlashi, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning yechimini ta’minlashi hamda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan samarali nazorat o‘rnatishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Hududlarda aholi uchun qulay va obod muhit yaratish, mavjud infratuzilma muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazorati ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 4