Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘OT TUMANIDA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

#deputat_okrugida #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#deputat_foliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "O'rg'ulsoy" mahallasida jamoat xavfsizligi masalalari muhokama qilindi

Bandixon tumanida mahallalar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda "Mahalla yettiligi" tarkibidagi profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida deputatlik nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 13-Farovon saylov okrugidan saylangan deputat A.Pardayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov "O'rg'ulsoy" mahallasida bo‘lib, mahallaga biriktirilgan Profilaktika inspektorining faoliyati bilan tanishdilar.

O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunidan kelib chiquvchi vazifalar ijrosi, jinoyatchilik holati tahlili, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda aholi osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yakunda soha mas’uliga mahalla faollari bilan birgalikda profilaktik chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2