Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH — DOIMIY EʼTIBORDA
янв.21
DEPUTAT OʻRGANISHI: MAHALLALARDA TADBIRKORLIK VA ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH — DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
XUSHXABAR: "YANGIARIQ TRANS" MCHJ AVTOPARKI 18 TA YANGI AVTOBUS BILAN BOYIMOQDA!
янв.21
URGANCH SHAHRI: VILOYAT KUTUBXONASI VA MADANIYAT MASKANLARI HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
OQTEPA MFY: BOGʻLAR VA HIYOBONLAR HOLATI KOʻZDAN KECHIRILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDA EKOLOGIK NAZORAT O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: MAHALLA FAOLLARI BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
BOG‘OT TUMANI KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA BEPUL DORI-DARMONLAR TARQATILISHI NAZORAT QILINDI
“OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR NAZORATDAN O‘TKAZILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi

“OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR NAZORATDAN O‘TKAZILDI

📁 2026-yil 25-maydagi “Uchtepa tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida”gi III-29-42-14-202-K/26-son qarori asosida “Obod mahalla” dasturi doirasida tugallanmay qolgan loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda olib borilayotgan ishlar doirasida A.Sog'uniy mahalalsida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

🇺🇿 O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov va kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov fuqarolar hamda uy boshqaruvchilari bilan suhbatlashib, hududdagi mavjud muammolarni o‘rgandilar. Shuningdek, pudratchi tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, ularning sifati yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirildi.

🏢 Jumladan, 4-, 8-, 9-, 11- va 12-uylarga tutash hududlarda asfalt qoplamasi yotqizilmagani aniqlandi. Shuningdek, fuqarolar murojaatlari asosida 19-uy oldidagi futbol maydoni va unga tutash bolalar maydonchasining ta’mirtalab holati ham ko‘rib chiqildi.

📝 Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni sifatli bajarish hamda barcha qurilish me’yor va talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi nazoratga olindi.

Slide 1 of 6