Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH — DOIMIY EʼTIBORDA
янв.21
DEPUTAT OʻRGANISHI: MAHALLALARDA TADBIRKORLIK VA ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH — DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
XUSHXABAR: "YANGIARIQ TRANS" MCHJ AVTOPARKI 18 TA YANGI AVTOBUS BILAN BOYIMOQDA!
янв.21
URGANCH SHAHRI: VILOYAT KUTUBXONASI VA MADANIYAT MASKANLARI HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
OQTEPA MFY: BOGʻLAR VA HIYOBONLAR HOLATI KOʻZDAN KECHIRILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDA EKOLOGIK NAZORAT O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
BOG‘OT TUMANI KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA BEPUL DORI-DARMONLAR TARQATILISHI NAZORAT QILINDI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: MAHALLA FAOLLARI BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
NAVBATDAGI MANZIL - 123-SONLI MAKTABDA “TASHABBUSLI BYUDJET” O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #Tashabbusli_byudjet #Doimiy_komissiyalar_nazorati

NAVBATDAGI MANZIL - 123-SONLI MAKTABDA “TASHABBUSLI BYUDJET” O‘RGANILDI

📈 Uchtepa tumanida 2026-yil II bosqich “Tashabbusli byudjet” jarayonlari doirasida navbatdagi manzil — 123-sonli umumta’lim maktabi bo‘ldi.

🧠 Tuman ishchi komissiyasi a’zolari tomonidan maktab binosi va hududi joyiga chiqib o‘rganilib, fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarning har biri bilan batafsil tanishib chiqildi.

📊 O‘rganish davomida maktab pol qismini, sinfxonalarni, eshik va romlarni yangilash, elektr tizimini ta’mirlash, barcha hojatxonalarni, sport zalini hamda kiyinish va yuvinish xonalarini ta’mirlash, shuningdek, maktabning ichki va tashqi ta’mirtalab qismlarini mukammal ta’mirlash masalalari ko‘rib chiqildi.

💬 Komissiya a’zolari tomonidan ko‘rsatilgan takliflarning amaldagi holatga mosligi va asosli ekani joyida o‘rganilib, har bir masala yuzasidan tegishli fikr va tavsiyalar bildirildi.

📈 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish zarurligi qayd etilib, 123-sonli maktab bo‘yicha takliflarni “Tashabbusli byudjet”ning navbatdagi bosqichiga o‘tkazish tavsiya etildi.

Slide 1 of 7