Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH — DOIMIY EʼTIBORDA
янв.21
DEPUTAT OʻRGANISHI: MAHALLALARDA TADBIRKORLIK VA ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH — DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
XUSHXABAR: "YANGIARIQ TRANS" MCHJ AVTOPARKI 18 TA YANGI AVTOBUS BILAN BOYIMOQDA!
янв.21
URGANCH SHAHRI: VILOYAT KUTUBXONASI VA MADANIYAT MASKANLARI HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
OQTEPA MFY: BOGʻLAR VA HIYOBONLAR HOLATI KOʻZDAN KECHIRILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDA EKOLOGIK NAZORAT O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
BOG‘OT TUMANI KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA BEPUL DORI-DARMONLAR TARQATILISHI NAZORAT QILINDI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: MAHALLA FAOLLARI BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
Ko‘rkam diyor mahallasi Islomobod ko‘chasining faol fuqarosi R.Zoirov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh.Eshbayev, deputatlar N.Turdiyev va K.Xakimovalar tomonidan Ko‘rkam diyor mahallasi Islomobod ko‘chasining faol fuqarosi R.Zoirov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqaro Islomobod va Quruvchilar ko‘chalarini bog‘lovchi ko‘prikning himoya to‘siqlari transport vositalari tomonidan shikastlanayotganligi, shuningdek, ko‘prikdagi ayrim tungi yoritish chiroqlari nosoz holatga kelganligi masalalarini ko‘tardi.

Fuqaro tomonidan mazkur muammolarni bartaraf etish, shikastlangan himoya to‘siqlarini tiklash hamda nosoz yoritish chiroqlarini almashtirish yuzasidan amaliy yordam so‘raldi. Masalalarni tegishli tartibda hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

Slide 1 of 3