Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH — DOIMIY EʼTIBORDA
янв.21
DEPUTAT OʻRGANISHI: MAHALLALARDA TADBIRKORLIK VA ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH — DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
XUSHXABAR: "YANGIARIQ TRANS" MCHJ AVTOPARKI 18 TA YANGI AVTOBUS BILAN BOYIMOQDA!
янв.21
URGANCH SHAHRI: VILOYAT KUTUBXONASI VA MADANIYAT MASKANLARI HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
OQTEPA MFY: BOGʻLAR VA HIYOBONLAR HOLATI KOʻZDAN KECHIRILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDA EKOLOGIK NAZORAT O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
BOG‘OT TUMANI KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA BEPUL DORI-DARMONLAR TARQATILISHI NAZORAT QILINDI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: MAHALLA FAOLLARI BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI»GA TAYYORGARLIK JARAYONI O‘RGANILDI

Furqat tumanida amalga oshirilayotgan o‘rganish ishlari davomida Chirkay MFYdagi yopiq sun’iy maysali mini-stadionda yoshlar o‘rtasida mini-futbol musobaqasini tashkil etishga tayyorgarlik jarayoni ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishda xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputati, Kotibiyat mudiri Iftixorjon Jo‘raev Abdumuxtorovich, “Yuksalish” umummilliy harakati Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Elchieva Nafisaxon Tohirovna, tegishli mas’ullar ishtirok etdi.

Mazkur mini-stadionda Furqat tumanida istiqomat qiluvchi mahalla yoshlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha «XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGAShI KUBOGI» musobaqasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Tashkiliy jarayonlar savolnoma asosida o‘rganilib, musobaqa o‘tkaziladigan maydonning tayyorligi, ishtirokchilar xavfsizligi, jamoalarni qabul qilish, sport inventarlari, hakamlik, tibbiy yordam va boshqa zarur tashkiliy masalalarga e’tibor qaratildi.

Mazkur musobaqani O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlash doirasida ko‘tarinki ruhda tashkil etish rejalashtirilgan. Prezidentning 2026 yil 1 apreldagi PQ-120-son qarorida ham yubiley sanani barcha mahalla va hududlarda munosib nishonlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Musobaqa orqali yoshlarni sportga keng jalb qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, mahallalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va iqtidorli yosh futbolchilarni aniqlash maqsad qilingan.

Shuningdek, musobaqani Furqat tumanida Kengash tashabbusi bilan mahalla yoshlari o‘rtasidagi yangi sport an’anasi sifatida yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

Sport maydoni tayyor. Endi unda yoshlarning g‘ayrati, iqtidori va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi namoyon bo‘ladi.

Slide 1 of 1