Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH — DOIMIY EʼTIBORDA
янв.21
DEPUTAT OʻRGANISHI: MAHALLALARDA TADBIRKORLIK VA ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH — DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
XUSHXABAR: "YANGIARIQ TRANS" MCHJ AVTOPARKI 18 TA YANGI AVTOBUS BILAN BOYIMOQDA!
янв.21
URGANCH SHAHRI: VILOYAT KUTUBXONASI VA MADANIYAT MASKANLARI HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
OQTEPA MFY: BOGʻLAR VA HIYOBONLAR HOLATI KOʻZDAN KECHIRILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDA EKOLOGIK NAZORAT O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘OT TUMANI KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA BEPUL DORI-DARMONLAR TARQATILISHI NAZORAT QILINDI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: MAHALLA FAOLLARI BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
#24_ta_masala 📌 5-BAND IJROSI: IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI

#24_ta_masala 📌 5-BAND IJROSI: IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat X.Turdiyev tomonidan Qorag‘uppa mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari bilan tanishildi.
Shuningdek, mahalla fuqarosi Qizlarxon Abdiqobilovaning ijtimoiy holati o‘rganilib, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida kredit ajratish va uning bandligini ta’minlash bo‘yicha rejalari muhokama qilindi.
Deputat tomonidan fuqaroni qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda uni munosib bandlikka yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Ijtimoiy himoya — manzilli yondashuv — munosib bandlik!

Slide 1 of 2