Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…

O‘rganish davomida maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan bir qatorda, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonida e’tibor qaratishni talab etadigan qator masalalar ham aniqlandi.

Jumladan, maktabning sport zalida havo almashish tizimi mavjud emasligi, sport zalidagi suv ta’minoti tizimi asosiy suv tarmog‘iga ulanmagani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, maktab hududiga o‘rnatilgan quyosh panellari hali ishga tushirilmagani aniqlandi.

Bundan tashqari, maktabning isitish tizimining asosiy qurilmalari atrofini o‘rash holati belgilangan xavfsizlik talablariga to‘liq javob bermasligi ham o‘rganish davomida qayd etildi.

Aniqlangan mazkur muammolar o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, ta’lim muassasasini yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.

Shu bois aniqlangan kamchilik va muammolar deputatning ko‘cha aylanish daftariga qayd etildi hamda ularni bartaraf etish masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Mazkur o‘rganish ishlari 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni talablari, shuningdek, o‘quvchilar hayoti va salomatligi uchun xavfsiz hamda munosib ta’lim sharoitlarini yaratish tamoyillaridan kelib chiqqan holda olib borildi.

Deputat R. Madaminov tomonidan aniqlangan masalalarning mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishi, maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati esa keyingi deputatlik nazorati jarayonlarida qayta ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 10