Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
#Chinoz_tumani #Qonun_ijrosi_o‘rganilishi “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati L. O‘tkirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni (846-XII, 1993-yil 7-may) ijrosini o‘rganish maqsadida tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

📝 O‘rganish davomida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash, xususiylashtirish jarayonlarini qonunchilik talablari asosida tashkil etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati tahlil qilindi.

🔸 O‘rganish jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 davlat uy-joy fondini xususiylashtirish sohasida Qonun talablarining ijrosi;
🔹 fuqarolarning egallab turgan uy-joylarini xususiylashtirish bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularni hal etish holati;
🔹 uy-joylarni xususiylashtirish jarayonida hujjatlarni rasmiylashtirish, hisobga olish va belgilangan tartibda qarorlar qabul qilish holati;
🔹 fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
🔹 uy-joylarni xususiylashtirishda qonunchilik talablariga rioya etilishi hamda fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilishi;
🔹 aholining uy-joy masalalari bo‘yicha murojaatlarini o‘rganish, ularni manzilli hal etish va mavjud muammolarni bartaraf etish holati.

🏠 Shuningdek, tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan davlat uy-joy fondini xususiylashtirish bilan bog‘liq murojaatlarni ko‘rib chiqish, fuqarolarga zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy va huquqiy tushuntirishlar berish hamda uy-joy masalalarida aholiga qulaylik yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

🔺 Qonun talablariga muvofiq, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash, ularning mulkiy manfaatlarini himoya qilish hamda uy-joydan foydalanish va uni tasarruf etish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅ O‘rganish yakuni bo‘yicha tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig'i Ilhom Bektoshev bilan Qonun talablarining to‘liq va samarali ijrosini ta’minlash, fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xususiylashtirish jarayonlarini qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish yuzasidan takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4