Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
#Chinoz_tumani Fuqaro murojaati deputat nazoratida!

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 13-Ko‘tarma saylov okrugidan saylangan deputat Ibragimov Farxod Ismailovich “Islomobod” mahallasida fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatini o‘rgandi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan “Ko‘tarma” va “Islomobod” mahallalari hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega 11 km avtomobil yo‘lining ta’mirtalab holatda ekanligi yuzasidan murojaat bildirildi.

Deputat F. Ibragimov murojaatda ko‘tarilgan masalani joyiga chiqqan holda o‘rgandi. O‘rganish davomida mazkur avtomobil yo‘lini ta’mirlash ishlari tasdiqlangan dasturga asosan 2026-yilning II choragida amalga oshirilishi belgilangan bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar amaliy ishlar boshlanmagani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur masala yuzasidan deputat tomonidan mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputat fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan masalaning ijobiy hal etilishi va yo‘l ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishini deputatlik nazoratiga olindi.

📌 Fuqarolar murojaati — e’tiborda!

Slide 1 of 3