Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🟢 DEPUTAT VA MAHALLA YETTILIGI: HAMKORLIK — AMALIY NATIJA GAROVI

🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 1-Yangiturmush saylov okrugi deputati S. Eshonqulov “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘ini mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📍 Uchrashuv davomida mahallada aholi turmush farovonligini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

🔹 Aholi bandligini ta’minlash va yangi imkoniyatlarni yaratish;
🔹 Tomorqa yerlaridan unumli foydalanish;
🔹 Mahallani obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;
🔹 Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va ularni qo‘llab-quvvatlash;
🔹 Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilinib, ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi va mas’ullar o‘rtasida vazifalar taqsimlandi.

👥 Mahalla — aholi bilan eng yaqin bo‘g‘in. Deputat va mahalla yettiligining hamjihatlikdagi faoliyati esa hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va aholiga amaliy ko‘mak ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌿 Hamjihatlikdagi harakat — obod mahalla, farovon hayot sari muhim qadam!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 1