Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Investitsiya dasturiga kiritilgan loyiha bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Хalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qaroriga asosan tumanning “Chimboyliq” mahallasida 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilish ishlari o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida obyektda asosiy qurilish ishlari yakunlanish bosqichiga yetgani ma’lum bo‘ldi. Ayni vaqtda qurilish ishlarining 90 foizi bajarilgan. Obyektda ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash maqsadida 30 nafar ishchi jalb qilingan bo‘lib, mavjud ish hajmidan kelib chiqib, ishchi kuchi yetarli ekani qayd etildi. Shu bilan birga, qurilish ishlarida yomg‘ir suvlari uchun tarnovlar yer osti orqali lotokka ulanganligi, yuqori qavatga ko‘taruvchi zinaning tutqichlari turli yoshdagi bolalarga ham, tarbiyachilarga ham moslashtirilganligi, plastik eshiklarning sifati alohida e’tirof etildi.

🔻Asosiy qurilish ishlari bilan bir qatorda ichki xonalarni tayyor holatga keltirish ishlari davom etmoqda. Xususan, ichki devorlarni pardozlash, elektr-montaj ishlarini yakunlash, sanitariya xonalari va hojatxonalarni zarur jihozlar bilan ta’minlash kabi ishlar qolgan.

🔻Deputat qurilish jarayonini ko‘zdan kechirish davomida bajarilayotgan ishlarning sifatiga, qurilish materiallaridan belgilangan talablar asosida foydalanilishiga, mehnat va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratdi. Qurilish ishlarini belgilangan muddatda, sifatli yakunlash va obyektni foydalanishga topshirishga tayyorlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 9