Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA INVESTITSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
47-SON OILAVIY POLIKLINIKADA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
28-SON MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛️ PQ-49-SONLI QAROR IJROSINI TA’MINLASH: XORAZM VILOYATIDA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH CHORA-TADBIRLARI
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA TADBIRKORLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI DEPUTAT SIFATIDA O‘Z SAYLOV OKRUGIDAGI FAOLIYATINI OLIB BORMOQDA
янв.21
XONQA TUMANIDAGI 18-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Kotib

Tuman veterenariya bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari hududlarda hayvonlar kasalliklarining oldini olish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va sanitariya nazoratini yuritadi. Xalq deputatlari tuman Kengashlari esa bu kabi sohalarning faoliyatini nazorat qiladi va mahalliy budjet hamda rivojlantirish dasturlarini tasdiqlaydi.

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi sessiyaga kiritilgan masalani joyiga chiqib o‘rganish hamda deputatlik nazorati doirasida “Katta Oltintepa” mahallasi hududidagi tuman veterenariya bo‘limida bo‘lib, tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Unda hududda o‘tkazilayotgan veterinariya tadbirlari, veterinariya nazorati, chorva mollari va uy hayvonlarini ommaviy emlash qamrovi, vaksina, biopreparatlar va boshqa vositalar bilan ta’minlanganlik darajasi, veterinariya laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasi, epizootik vaziyatni prognoz qilish, hayvonlarni identifikatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va sohadagi muammolar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlar o‘tkazdilar.

Tadbir yakunida hayvonlarning o‘ta xavfli yuqumli kasalliklari kelib chiqishini aniqlashga qaratilgan tadbirlar ustidan nazoratni yanada kuchaytirish dolzarb masala ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

Slide 1 of 5