Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA INVESTITSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
47-SON OILAVIY POLIKLINIKADA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
28-SON MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛️ PQ-49-SONLI QAROR IJROSINI TA’MINLASH: XORAZM VILOYATIDA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH CHORA-TADBIRLARI
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA TADBIRKORLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI DEPUTAT SIFATIDA O‘Z SAYLOV OKRUGIDAGI FAOLIYATINI OLIB BORMOQDA
янв.21
XONQA TUMANIDAGI 18-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Ichimlik suvi tarmog‘ini yangilash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Yoshlik” mahallasining Navqiron ko‘chasida amalga oshirilayotgan ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari mahalla raisi ishtirokida joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

🔺O‘rganish davomida ko‘chada jami 2 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari olib borilayotgani, belgilangan loyiha asosida suv quvurlarini yotqizish va tarmoqni xonadonlarga yetkazish bo‘yicha amaliy ishlar bajarilayotgani ma’lum bo‘ldi. O‘rganish jarayonida bajarilayotgan ishlarning sifatiga, quvurlarning belgilangan talablar asosida yotqizilishiga hamda qurilish-montaj ishlarining o‘z vaqtida va sifatli yakunlanishiga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Mazkur ishlarning amalga oshirilishi natijasida fuqarolarning toza va sifatli ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoji ta’minlanishini inobatga olgan holda, mas’ullarga ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash, hududni obodonlashtirish va tarmoq ishga tushirilgandan so‘ng uning barqaror faoliyatini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5