35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH — DOIMIY EʼTIBORDA
янв.21
DEPUTAT OʻRGANISHI: MAHALLALARDA TADBIRKORLIK VA ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH — DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
XUSHXABAR: "YANGIARIQ TRANS" MCHJ AVTOPARKI 18 TA YANGI AVTOBUS BILAN BOYIMOQDA!
янв.21
URGANCH SHAHRI: VILOYAT KUTUBXONASI VA MADANIYAT MASKANLARI HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
OQTEPA MFY: BOGʻLAR VA HIYOBONLAR HOLATI KOʻZDAN KECHIRILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDA EKOLOGIK NAZORAT O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
BOG‘OT TUMANI KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA BEPUL DORI-DARMONLAR TARQATILISHI NAZORAT QILINDI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: MAHALLA FAOLLARI BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
Aholi xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish — deputatlik nazoratida

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shma yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida” 2025-yil 20-oktabrdagi PF–185-son Farmonining Termiz shahridagi ijrosi yuzasidan 2026-yil II chorak davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot tinglanildi.
Mazkur masala doirasida shaharda fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi o‘rtasida profilaktik-targ‘ibot ishlarini tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Davlat obyektlarida nazorat ishlari
Hisobot davrida fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligi yo‘nalishida jami 106 ta davlat tasarrufidagi obyekt tekshirildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan obyekt rahbarlariga 4 440 ta banddan iborat yozma ko‘rsatmalar berildi. Shundan 4 110 ta bandning bajarilishiga erishildi.
🏢 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ham o‘rganildi
II chorak davomida jami 103 ta tadbirkorlik subyekti tekshirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan subyekt rahbarlariga 1 132 ta banddan iborat yozma ko‘rsatmalar berildi.
Shundan 1 087 tasi bajarildi.
Mazkur ko‘rsatkichlar tadbirkorlik subyektlarida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlari izchil olib borilayotganini ko‘rsatadi.
⚖️ Ma’muriy amaliyot natijalari
2026-yil 1-apreldan 30-iyungacha bo‘lgan davrda bo‘lim xodimlari tomonidan jami 242 ta ma’muriy jarima qo‘llanilgan.
Shundan:
🔹 57 ta — davlat tasarrufidagi obyektlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan;
🔹 123 ta — tadbirkorlik subyektlarida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan;
🔹 62 ta — aholi turar joylarida fuqarolarga nisbatan qo‘llanilgan.
Mansabdor shaxslar va fuqarolarga nisbatan jami 189 million 520 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilib, ushbu jarimalarning 97,1 foizi undirilishiga erishilgan.
📢 Targ‘ibot va tushuntirish ishlari
Favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olishda aholining huquqiy va amaliy bilimlarini oshirish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish madaniyatini shakllantirishga ham alohida e’tibor qaratildi.
II chorak davomida:
📺 mahalliy televideniyelar orqali 4 marotaba teleko‘rsatuv;
🌐 internet tarmoqlarida 175 marotaba chiqish;
📻 mahalliy radioda 37 marotaba eshittirish tashkil etildi.
Shuningdek, odamlar ko‘p yig‘iladigan maskanlar, dehqon oziq-ovqat bozorlari va jome masjidlarining radio uzellari orqali 264 marotaba yong‘in xavfsizligi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan radioeshittirishlar o‘qib eshittirildi.
📰 Mahalliy va respublika nashrlarida jami 9 marotaba maqolalar chop etilgan bo‘lib, shundan 3 tasi markaziy, 6 tasi mahalliy nashrlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
👥 Profilaktika — xavfsizlikning muhim omili
Yig‘ilishda favqulodda vaziyatlarning oldini olishda profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga yong‘in xavfsizligi talablarini muntazam tushuntirib borish, ayniqsa, odamlar ko‘p to‘planadigan obyektlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, berilgan yozma ko‘rsatmalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bilan birga, ularning qayta takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik muhimligi qayd etildi.
🔎 Deputatlik nazorati kuchaytiriladi
Doimiy komissiyalar a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, shaharda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Aholi xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarda tegishli tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish, profilaktik-targ‘ibot ishlarini manzilli tashkil etish lozimligi alohida qayd etildi.
📌 Yig‘ilish yakunida hisobot yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholi xavfsizligini yanada mustahkamlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 2