35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH — DOIMIY EʼTIBORDA
янв.21
DEPUTAT OʻRGANISHI: MAHALLALARDA TADBIRKORLIK VA ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH — DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
XUSHXABAR: "YANGIARIQ TRANS" MCHJ AVTOPARKI 18 TA YANGI AVTOBUS BILAN BOYIMOQDA!
янв.21
URGANCH SHAHRI: VILOYAT KUTUBXONASI VA MADANIYAT MASKANLARI HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
OQTEPA MFY: BOGʻLAR VA HIYOBONLAR HOLATI KOʻZDAN KECHIRILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDA EKOLOGIK NAZORAT O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
BOG‘OT TUMANI KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA BEPUL DORI-DARMONLAR TARQATILISHI NAZORAT QILINDI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: MAHALLA FAOLLARI BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT, ISHLAB CHIQARISH VA BANDLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 7-“Xisorak” saylov okrugidan saylangan deputat Mannonov Abduzarif Abduraufovich tomonidan jamoatchilik nazorati doirasida saylov okrugida faoliyat yuritayotgan
“Vertex tekstil” ishlab chiqarish korxonasi faoliyati o‘rganildi.O‘rganish davomida korxonada ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, xodimlarning mehnat faoliyati, ish haqlarining o‘z vaqtida to‘lanishi hamda mavjud ish o‘rinlari holati bilan tanishildi.Shuningdek, korxonada mehnat qilayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashilib,ularning fikr va takliflari tinglandi.Korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud quvvatlardan foydalanish samaradorligi, investitsion faoliyati, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahsulotlarni eksport qilish holati ham tahlil qilindi.Ma’lum qilinishicha, “Vertex tekstil” korxonasi o‘z faoliyatini 2021-yilda boshlagan bo‘lib, jami 180 nafar ishchini ish bilan ta’minlash imkoniyatiga ega. Ayni paytda korxonada 150 nafar ishchi faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, korxonada yana 30 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud.Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning asosiy qismi eksportga yo‘naltirilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda asosiy eksport bozori Rossiya Federatsiyasi hisoblanadi.O‘rganish jarayonida korxonaning mavjud ishlab
chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Ayniqsa, korxona faoliyatining xotin-qizlarni iqtisodiy faoliyatga keng jalb etish, ularni doimiy ish bilan ta’minlash va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishida muhim o‘rin tutayotgani qayd etildi.Shuningdek, o‘rganish yakunida korxona mas’ullari bilan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, eksport bozorlarini kengaytirish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish hamda davlat tomonidan yaratilgan qo‘llab-quvvatlash choralaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.Aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib,korxonaning investitsion faoliyati, yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari hamda ishlab chiqarish salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilish davom ettiriladi.Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi tomonidan hududlarda tadbirkorlik va investitsiya faoliyatini rivojlantirish,aholi bandligini ta’minlash hamda yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari yuzasidan jamoatchilik nazorati izchil davom ettiriladi.
  

Slide 1 of 5