Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
TINCHLIK KOʻCHASIDA OʻRGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI

 TINCHLIK KOʻCHASIDA OʻRGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Sayfidinov hamda kotibiyat
bosh mutaxassisi M.Toʻxtasinov tomonidan Goʻzal mahalla fuqarolar yigʻinining
Tinchlik koʻchasida oʻrganish ishlari olib borildi.
 

Oʻrganish davomida koʻchaboshi M.Rahmatova bilan muloqot qilinib, hududdagi
mavjud muammolar va fuqarolarning takliflari oʻrganildi.
 

Suhbat jarayonida koʻchaboshi M.Rahmatova koʻp qavatli uylar hududida
bolalar uchun zamonaviy oʻyingoh barpo etish zarurligi, shuningdek, tuman
obodonlashtirish boshqarmasidan mazkur hududga biriktirilgan masʼullar
tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan ishlar talab darajasida emasligi
bildirildi.
 

Xar ikkala masala boʻyicha deputat oʻz munosabatini bildirib va choralar
koʻrilishini taʼkidladi. Xususan bolalar maydonchasini barpo etish boʻyicha
masʼullarga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, “Infratuzilma va
ijtimoiy-barqarorlik” jamgʻarmasidan moliyalashtirishga yoʻnaltirish tavsiya
etildi. Obodonlashtirish yuzasidan koʻtarilgan masalalarni hal etish boʻyicha
tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻiga yetkazildi.
 

Muammolar “Deputatning koʻcha aylanish daftari”ga kiritilib, ijrosi deputat
nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 3