Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Mahalliy budjet ijrosi keng muhokama qilindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida Jondor tumani mahalliy budjetining 2026-yil 6 oylik ijrosi keng muhokama qilindi.

🔹Muhokama davomida budjet daromadlarining shakllanishi, xarajatlarning belgilangan yo‘nalishlar asosida amalga oshirilishi hamda ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish holatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, budjet ijrosida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

🔹Doimiy komissiya a’zolari budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash hamda aholi manfaatlariga yo‘naltirilgan loyihalarni samarali amalga oshirish muhimligini ta’kidladilar.

🔹Yig‘ilish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2