Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a'zosi Tashmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovna tomonidan Tirsakobod mahallasi fuqarolarining murojaati yuzasidan avval joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilgan edi.
O‘rganish davomida Yuqori Darxon ko‘chasidan asosiy yo‘lga chiqish qismi, Gavhar ko‘chasi 86-uy hamda Tirsakobod ko‘chasi 2–4-uylar yonida avtomobillarning yo‘l chetida tartibsiz to‘xtab turishi, buning natijasida haydovchilar va piyodalarning asosiy yo‘lni ko‘rish imkoniyati cheklanayotgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan masalalarni inobatga olib, Tashmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovna tomonidan tegishli mas’ul tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.
Deputat so‘rovida hududda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda transport vositalarining yo‘l chetida to‘xtashini tartibga keltirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish so‘ralgan.
Mazkur masala deputat nazoratiga olingan.

Slide 1 of 1