Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Obodonlashtirish sohasidagi masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida tanqidiy ko'rib chiqildi

#doimiy_komissiya_Uchtepa #ekspert_guruhlari

Obodonlashtirish sohasidagi masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida tanqidiy ko'rib chiqildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🗂 Yig‘ilishda, Uchtepa tumanida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati to‘g‘risidagi masala hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "Uchtepa tumanidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida" 2026-yil 1-apreldagi III-27-28-14-202-K/26-sonli qarori bilan ajratilgan mablag'larning sarflanishi hamda belgilangan manzilli ro'yxatga asosan asfalt qilinishi belgilangan ichki ko'chalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar doimiy komissiya tomonidan tanqidiy ko'rib chiqildi.

📁 Mazkur masalalar yuzasidan tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari Azizjon Nurmuxamedov tomonidan tegishli hisobot taqdim etildi.

📊 Hisobotda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "Uchtepa tumanidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida" 2026-yil 1-apreldagi III-27-28-14-202-K/26-sonli qaroriga asosan Uchtepa tumanidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli ro‘yxatiga asosan amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan qo'shimcha ma'lumotlar taqdim qilindi.

⚠️ Ushbu hisobotlar yuzasidan doimiy komissiya tomonidan ko'plab e'tirozlar bildirilib, A.Nurmuxamedovning mazkur masalalar bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlari yetarli darajada tashkil etilmayotganligi hamda hisobotlardagi kamchiliklarini inobatga olib, faoliyatini qoniqarsiz deb topish yuzasidan qaror qabul qilindi.

💼 Mazkur doimiy komissiya yig'ilishida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Usmanov, bosh mutaxassislar U.Abilov va Z.Kuziyevalar ham ishtirok etdilar.

📈 Yig‘ilish yakunida masala yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, ushbu masalani xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga olib kirish belgilandi.

Slide 1 of 5