Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA INVESTITSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
47-SON OILAVIY POLIKLINIKADA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
28-SON MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛️ PQ-49-SONLI QAROR IJROSINI TA’MINLASH: XORAZM VILOYATIDA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH CHORA-TADBIRLARI
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA TADBIRKORLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI DEPUTAT SIFATIDA O‘Z SAYLOV OKRUGIDAGI FAOLIYATINI OLIB BORMOQDA
янв.21
XONQA TUMANIDAGI 18-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_sessiya_kun_tartibiga_kiritilgan_masala Mahalla obodligi — deputat e’tiborida
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_sessiya_kun_tartibiga_kiritilgan_masala
Mahalla obodligi — deputat e’tiborida


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashiga 23-“Aeroport” saylov okrugidan saylangan deputat N.Chorshanbiyeva hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 41-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Aeroport” mahallasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla hududini yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish, ko‘chalar va jamoat joylarini tartibga keltirish, sanitariya-tozalik holatini yaxshilash, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash hamda yashil hududlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Obodonlashtirish ishlariga mahalla faollari, fuqarolar va jamoatchilik vakillari keng jalb etilib, hududda tozalash va tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, mavjud daraxt va butalar parvarishlanib, yangi ko‘chatlar ekildi hamda hududni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tegishli ishlar olib borildi.
Deputat N.Chorshanbiyeva hududdagi obodonlashtirish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishib, mahalla aholisi bilan muloqot qildi, ularning taklif va murojaatlarini tingladi. Muloqot davomida hududdagi mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish, mahallada aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Shuningdek, obodonlashtirish ishlarini doimiy va tizimli ravishda davom ettirish, hududdagi yashil maydonlarni asrab-avaylash hamda jamoat joylarining sanitariya holatini nazorat qilib borish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Bunday amaliy ishlar mahallada tozalik, obodlik va ko‘kalamzorlashtirishni ta’minlash bilan bir qatorda, aholining o‘z hududiga daxldorlik hissini kuchaytirish, jamoatchilik faolligini oshirish hamda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.
Mahalla obodligi — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz.
Slide 1 of 3