Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA INVESTITSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
47-SON OILAVIY POLIKLINIKADA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
28-SON MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛️ PQ-49-SONLI QAROR IJROSINI TA’MINLASH: XORAZM VILOYATIDA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH CHORA-TADBIRLARI
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA TADBIRKORLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI DEPUTAT SIFATIDA O‘Z SAYLOV OKRUGIDAGI FAOLIYATINI OLIB BORMOQDA
янв.21
XONQA TUMANIDAGI 18-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 33-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

#sessiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 33-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining navbatdagi 33-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Luiza Hikmatova va Frangiza Akramova ham faol ishtirok etib, kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar yuzasidan muhokamalarda qatnashdilar.

📝 Sessiyada dastlab Olmazor tumani mahalliy budjetining 2026-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Xatamovning hisoboti tinglanib, ajratiladigan mablag‘larni hududdagi ustuvor vazifalarga maqsadli va samarali yo‘naltirish masalalari deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

🔺 Shuningdek, Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 2026–2027-yillarda Olmazor tumanidagi ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash, ularga tutash hududlardagi umumiy foydalanish infratuzilmasini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. Bu borada tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shoxruh Xamidullayevning hisoboti eshitildi.

💬 Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish, ko‘p qavatli uy-joy fondining holatini yaxshilash, hududlar infratuzilmasini rivojlantirish hamda amalga oshiriladigan ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. Toshkent shahar Kengashi deputatlari Luiza Hikmatova va Frangiza Akramova ham muhokamalarda faol ishtirok etib, kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

✅ Sessiya yakunida kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi hamda ularning ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7