Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Hisobot uchrashuvi o‘tkazildi

 Hisobot uchrashuvi o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati M.Tangriberganov o‘zining
saylov okrugi — Do`stlik mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi ochiq
muloqot va hisobot uchrashuvini o‘tkazdi.


Uchrashuvda Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh
mutaxassisi A. Erkinov, hamda tuman hokimligi ijro organining mas'ul
xodimlari ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2026-yilning 2-choragi yakunlari
bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyati,
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar,
fuqarolar murojaatlari ijrosi hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan
saylovchilarga batafsil axborot berildi.


Shuningdek, deputat o‘zining hisobot davridagi deputatlik faoliyati
haqida ham ma'lumot berib, saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, hududdagi
dolzarb masalalarni o‘rganish va ularning yechimiga erishish maqsadida bir
qator deputatlik so‘rovlari tegishli tashkilotlarga kiritilganini
ta'kidladi. Mazkur deputatlik so‘rovlari natijasida ko‘plab masalalar ijobiy
hal etilib, aholi uchun muhim bo‘lgan tashabbuslar amaliy natija berayotgani
qayd etildi.


Shu bilan birga, saylov okrugini kompleks rivojlantirish, infratuzilmani
yaxshilash va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan takliflarni
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi sessiyalari kun tartibiga kiritish,
ularni tegishli davlat dasturlari va hududiy loyihalarga kiritish yuzasidan
izchil ishlar olib borilayotgani alohida ta'kidlandi. Deputat saylovchilar
manfaatlariga xizmat qiladigan qarorlarni muhokama qilish va qabul qilish
jarayonida faol ishtirok etib, hududni rivojlantirishga qaratilgan
tashabbuslarni muntazam ilgari surib kelayotgani haqida ham axborot berdi.


📌 Uchrashuvda Do`stlik mahallasida 2026-yilda amalga oshirilgan ishlar
ham alohida qayd etildi:


PQ-49 (Og‘ir MFY) qaroriga asosan "Do‘stlik" MFY Obod-Zamin va
Tarovat ko‘chalarini 1600 m asfalt qilish, Tarovat va Obod-Zamin
ko‘chalariga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, Gulshan ko‘chasini 320
m , Avaz O‘tar ko‘chasini 1310 m shag‘allashtirish rejalashtirilgan
bo`lib, shag‘allashtirish ishlari to`liq yakunlandi.

Asfalt qilish, tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari davom etmoqda.

🤝 Ochiq muloqot va fikr almashinuvi

Hisobot yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan fikr, taklif va mulohazalar
tinglanib, ularning har biri yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Hududni yanada obod qilish, aholi turmush farovonligini oshirish hamda mavjud
muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan hamkorlikni yanada
kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.


Deputat bundan buyon ham saylovchilar bilan doimiy muloqot olib borish,
ularning manfaatlarini himoya qilish, dolzarb masalalarni Kengash sessiyalarida
ko‘tarish, deputatlik so‘rovlari orqali muammolarga amaliy yechim topish,
hududni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni ilgari surish va saylovchilar
ishonchini oqlash yo‘lida faoliyatini izchil davom ettirishini ta'kidladi.

📍 Bunday hisobot uchrashuvlari deputat faoliyatining ochiqligi va
shaffofligini ta'minlash, saylovchilar bilan doimiy muloqotni mustahkamlash
hamda hududlarni barqaror rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
 

   

Slide 1 of 1