Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
ENERGIYA TA’MINOTI VA INFRASTRUKTURA HOLATI O‘RGANILDI👇👇👇

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Kattaxodjayev Sherzod Ergashevich tomonidan tumanda joylashgan 4-son issiqlik markazi (ITM-4 “Shimoliy”) faoliyati o‘rganildi.

📝O‘rganish davomida quvvati 100 MVt bo‘lgan zamonaviy kogeneratsion gaz-porshenli elektr stansiyasining faoliyati, elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish jarayonlari hamda mavjud texnik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi.

🔠Shuningdek, hududda faoliyat yuritayotgan Yunusobod tuman elektr tarmoqlari (RES) hamda Veolia Energy Tashkent bo‘linmalari faoliyati bilan ham tanishilib, hududning barqaror energiya va issiqlik ta’minotini ta’minlashga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.

📌O‘rganish davomida infratuzilma obyektlarining barqaror va samarali faoliyat yuritishi, energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda aholini sifatli issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👉Yunusobod tumanida muhim infratuzilma obyektlarining faoliyatini o‘rganish va mavjud masalalarni deputatlik nazorati doirasida ko‘rib chiqish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 2