Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Mahallada tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yangi imkoniyat

O‘rganishlar davomida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 21-“Jo‘yjangal” saylov okrugi deputati G.Xudaykulova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov “Amu sohillari” mahallasida yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlaridan birining faoliyati bilan tanishdilar.

🟢Xususan, mahallada fuqaro tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan tibbiyot punkti tashkil etilayotgani bilan tanishildi. Mazkur tashabbus mahalla aholisi uchun tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, zarur tibbiy ko‘rik va maslahatlarni yashash hududiga yaqin joyda olish uchun qo‘shimcha qulaylik yaratishga xizmat qiladi.

🟢Tanishuv davomida tibbiyot punktining tashkil etilishi jarayoni, yaratilayotgan shart-sharoitlar, kelgusida ko‘rsatilishi rejalashtirilayotgan tibbiy xizmatlar hamda aholi uchun qulayliklarni oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🫥Shuningdek, fuqarolarning bunday tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2