Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Ko‘p qavatli uylar holati deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 21-“Jo‘yjangal” saylov okrugi deputati G.Xudaykulova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov “Amu sohillari” mahallasida bo‘lib, mahalla hududidagi ko‘p qavatli uylarning holatini o‘rgandilar.

💬O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning umumiy holati, kirish yo‘laklari, tutash hududlarning obodonlashtirilganligi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

💬Shuningdek, ko‘p qavatli uylarda “Tashvish tugmasi” tizimining mavjudligi, texnik holati va undan foydalanish imkoniyatlari ham o‘rganildi. Mazkur tizimning fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, zarur holatlarda tezkor yordam ko‘rsatishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

💬Jarayon davomida ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi.

💬O‘rganish yakunida hududda aniqlangan muammo va kamchiliklar deputatning Murojaatlar daftariga qayd etildi. Mazkur masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ularning ijrosini nazoratga olish hamda fuqarolarning murojaatlariga amaliy yechim topish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

🫥Aholi muammolarini joyida o‘rganish, aniqlangan masalalarni qayd etish va ularning amaliy yechimini ta’minlash — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2