Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati Doniyor Toxirovich Xamrakulov tomonidan Bag‘dod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘iga 2026-yil 7-avgustdagi 59-ds-287-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida Bag‘dod tumani Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida umumiy o‘rta ta’lim maktabi mavjud emasligi, natijada 7–17 yoshdagi maktab o‘quvchilari qo‘shni hududlardagi maktablarga qatnab ta’lim olayotgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan Do‘stlik mahallasida umumiy o‘rta ta’lim maktabini tashkil etish zarurati yuzasidan asoslantirilgan xulosa taqdim etish, shuningdek, mazkur muammoni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berish so‘raldi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolarning ta’lim olish huquqlarini ta’minlash hamda hududlardagi dolzarb muammolarni hal etish yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1