Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
197-SONLI MAKTABDA ZAMONAVIY TA'LIM MUHITINI YARATISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi #Doimiy_kimissiya_nazorati

197-SONLI MAKTABDA ZAMONAVIY TA'LIM MUHITINI YARATISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Jamshid Karimov hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov tomonidan 197-sonli umumta'lim maktabida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

🏫 Mazkur loyiha Toshkent shahrida 2026–2028-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. 1967-yilda 1 200 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallab qurilgan maktabda bugungi kunda zamonaviy ta'lim muhitini yaratish maqsadida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

↗️ O‘rganish davomida obyektning loyiha hujjatlari, qurilish ishlari sifati va belgilangan muddatlarga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, "Qarshi Stroy Sentr" MChJ tomonidan olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlarida 100 nafardan ortiq quruvchi mehnat qilayotgani qayd etildi.

📝 Deputatlar tomonidan qurilish-montaj ishlarining sifati, mehnat xavfsizligi talablari hamda loyiha ijrosini belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Mazkur obyektdagi ishlar deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 9