Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Sho‘rsoy mahallasi aholisining muammolari o‘rganildi

Sho‘rsoy mahallasi aholisining muammolari o‘rganildi

#HAFTALIK_ISH_REJA

✅ Kengash kotibiyati xodimi Z.O‘zbekovaga biriktirilgan Sho‘rsoy saylov okrugidagi Sho‘rsoy mahallasida aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda mavjud masalalarni hal etish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

✅ O‘rganish jarayonida Kengash raisi B. Hayitov, kotibiyati bosh mutaxassisi F. Tursunqulov, Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya va Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raislari, Sho‘rsoy saylov okrugi deputati S. Bahoviddinov va mahalla yettiligi a’zolari bilan hamkorlikda mahalla aholisi murojaatlari va muammolari o‘rganildi.

✅ Aholi bilan suhbatlar davomida fuqarolarning kundalik turmushida uchrayotgan muammolari, mahalla hududidagi mavjud kamchiliklar hamda infratuzilmani yanada yaxshilash bo‘yicha takliflari tinglandi.

✅ Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish hamda ijrosini nazoratga olish belgilandi.
Bunday o‘rganishlar aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, muammolarni joyida aniqlash va ularni tizimli ravishda hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2