35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAZORASP TUMANIDA EKOLOGIK NAZORAT O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: MAHALLA FAOLLARI BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
BOG‘OT TUMANI KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA BEPUL DORI-DARMONLAR TARQATILISHI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
"YOD YETISHMASLIGI KASALLIKLARI PROFILAKTIKASI TO‘G‘RISIDA"GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB, DOLZARB MUAMMOLARNI TINGLADI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
TASHKILOTLAR BILAN HAMKORLIK
янв.21
BOZORLARDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI NARX-NAVOSI O‘RGANILDI
#tibbiyxizmatsifati #doimiykomissiya #nazorat

Aholi salomatligi va ularga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining doimiy eʼtiborida. Xususan, tibbiyot muassasalaridagi infratuzilma holati, xususan, liftlarning barqaror ishlashi bemorlar va shifokorlar uchun hayotiy zaruriyatdir.
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining ijtimoiy soha masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Azamat Mavlonov, 13-okrug deputati Baxodir Miralimov hamda Kengash kotibiyati mudiri Sevar Qodirova va bosh mutaxassis Mukarram Nematullayevalardan iborat ishchi guruh shahar Markaziy shifoxonasida boʻlib, u yerdagi liftlar holatini joyiga borib oʻrgandi.

🏥 Oʻrganishdan maqsad: Muassasaga kelayotgan bemorlar, ayniqsa, harakatlanishi cheklangan fuqarolar va ogʻir xastalarni yuqori qavatlarga koʻtarishda liftlarning nosozligi yoki toʻxtab qolishi jiddiy noqulayliklar tugʻdirishi mumkin. Deputatlarimiz bu boradagi real holatni koʻrish va mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini koʻrishni maqsad qilgan.

Oʻrganish davomida deputatlar shunchaki liftni koʻzdan kechiribgina qolmay, balki:
✅ Liftning texnik holati va uzluksiz ishlash rejimini tekshirdilar.
✅ Bemorlar va ularning yaqinlari bilan muloqot qilib, lift xizmatidan foydalanishda duch kelayotgan qiyinchiliklarini eshitdilar.
✅ Shifokorlar va tibbiyot xodimlari fikrini oʻrgandilar, chunki ogʻir bemorlarni shoshilinch tashishda liftning roli beqiyos.

✍️Muloqotlar davomida liftning ishlash tizimidagi muammo va kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi. Bildirilgan taklif va shikoyatlar asosida shifoxona rahbariyati va tegishli mutasaddilar oldiga aniq vazifalar qoʻyildi.
Deputatlarimiz shahar shifoxonasidagi liftlar muammosini toʻliq hal etish va bemorlar uchun munosib sharoitlar yaratish masalasini oʻzlarining doimiy nazoratlariga oldilar. Bu boradagi ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 4