Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
“DOLZARB-40 KUNLIK” DOIRASIDA MAHALLALARDAGI MUAMMOLAR DEPUTATLIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #Hamkorlik_faoliyati #deputat_tashabbusi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “DOLZARB-40 KUNLIK” DOIRASIDA MAHALLALARDAGI MUAMMOLAR DEPUTATLIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Mirjalol Qosimov Sergeli tumani hokimi Davron Ismatov, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov hamda Sergeli tuman Kengashi kotibiyati mas’ul xodimlari bilan birgalikda tumandagi “Saxovat” va “Qipchoq” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, “Dolzarb-40 kunlik” doirasida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

📝 O‘rganish davomida mahalla faollari, mas’ullar va fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, aholining murojaatlari, takliflari va hududdagi mavjud muammolar tinglandi. Asosiy e’tibor mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida hududdagi holatni kompleks o‘rganishga qaratildi.

🔎 Xususan, aholi bandligi va yoshlar bilan ishlash, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, sport va bolalar maydonchalari holati, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar bilan ishlash, ichki yo‘llar va ko‘chalarni yoritish, yo‘l harakati xavfsizligi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, ko‘p qavatli uylar va boshqaruv kompaniyalari faoliyati, issiq va sovuq suv, elektr energiyasi hamda gaz ta’minoti, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, jamoat transporti va avtobus bekatlari, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar, jamoat xavfsizligi hamda jinoyatchilikning oldini olish kabi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

🔺 O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar, aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat Mirjalol Qosimovning “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftari”ga qayd etildi. Har bir masalani tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda manzilli hal etish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish va ularning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini o‘rnatish belgilandi.

🌳 Shu bilan birga, “Dolzarb-40 kunlik” doirasida mahallalarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-tozalik holatini yaxshilash, ichki ko‘chalar va jamoat joylarini tartibga keltirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi.

💡 “Qipchoq” mahallasida obodonlashtirish ishlari doirasida 150 tadan ortiq daraxt va butalar ekilib, 20 ta LED yoritish chirog‘i o‘rnatilgan. “Saxovat” mahallasida esa 350 tadan ortiq daraxt va butalar ekilib, 120 ta LED yoritish chirog‘i o‘rnatilgan. Hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish va sanitariya holatini yanada yaxshilash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi.

🤝 Deputat tomonidan aholi bilan bunday ochiq muloqotlarni muntazam davom ettirish, 24 ta ustuvor yo‘nalish asosida mahallalardagi muammolarni ko‘chama-ko‘cha o‘rganish, aniqlangan masalalarni deputatlik nazoratiga olish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

📁 “Dolzarb-40 kunlik” doirasidagi o‘rganishlar hududlarni obod qilish bilan bir qatorda, mahallalardagi muammolarni bevosita aholi bilan muloqot orqali aniqlash va ularni manzilli hal etishga xizmat qilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10