35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDA EKOLOGIK NAZORAT O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘OT TUMANI KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA BEPUL DORI-DARMONLAR TARQATILISHI NAZORAT QILINDI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: MAHALLA FAOLLARI BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
"YOD YETISHMASLIGI KASALLIKLARI PROFILAKTIKASI TO‘G‘RISIDA"GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB, DOLZARB MUAMMOLARNI TINGLADI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
TASHKILOTLAR BILAN HAMKORLIK
янв.21
BOZORLARDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI NARX-NAVOSI O‘RGANILDI
#deputat so'rovi #natija #ta'lim

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Abdujabbor Djurayev tomonidan shahardagi 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati va uning infratuzilma holati atroflicha o‘rganilgan edi.
O‘rganishlar davomida maktab hududidagi oqova suv (kanalizatsiya) quvurida jiddiy nosozlik borligi aniqlangan. Yangi o‘quv yili yaqinlashayotganini inobatga olib, o‘quvchilar xavfsizligi hamda gigiyenik sharoitlarni ta'minlash maqsadida ushbu muammoni homiylik ko‘magida qisqa muddatlarda to‘liq bartaraf etish rejalashtirildi.

Loyiha bo‘yicha rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari yer osti qazish (kavlash) ishlarini talab etadi. Hududdan o‘tgan boshqa muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga (elektr, issiqlik, issiq suv hamda gaz quvurlariga) zarar yetkazmaslik va ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida deputat tomonidan tezkor choralar ko‘rildi.
"Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan:
✍️ Deputat so‘rov: Olmaliq shahar hokimi o‘rinbosari M.Mo‘minovga;
📩 Nusxasi: “Toshkent suv ta’minoti” AJ, Issiqlik manbai, “Hududgaz” va Elektr ta’minoti korxonasining shahar filiallari rahbarlariga yuborilgan edi.
Deputat so‘rovida mas’ullar joyiga chiqqan holda muhandislik tarmoqlari xaritasini aniqlashi va rasmiy texnik xulosa berishi qat’iy talab qilingan edi.

🛠 So‘rov natija berdi: Ishlar boshlab yuborildi!
Qisqa fursat ichida tegishli soha mas’ullari tomonidan joyiga chiqib o‘rganishlar o‘tkazildi va aniq texnik xulosalar berildi. Ushbu xulosalar asosida bugungi kunda 12-sonli maktabda amaliy ta’mirlash va tiklash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Deputat Abdujabbor Djurayev jarayonni shaxsan joyiga chiqqan holda nazorat qildi. O‘rganish davomida:
Maktab direktori va homiylar bilan birgalikda kavlash hamda quvur almashtirish jarayoni ko‘zdan kechirildi;
Ish sifatini oshirish va muddatlarga qat'iy rioya etish bo‘yicha qator kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi va tegishli tavsiyalar berildi.

Yangi o‘quv yili boshlangunga qadar maktabdagi nosozlik to‘liq bartaraf etilishi deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 5