Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
#deputat nazorati

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda davlat organlari vakillarining hisobdorligi va ish samaradorligini oshirish borasida tizimli nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Kuni kecha xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Muhiddin Abdullayev hamda Kotibiyatdan biriktirilgan bosh mutaxassis Mukarram Nematullayeva tomonidan "Hilol" mahallasi soliq inspektorining bugungi kunda amalga oshirgan ishlari tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida deputat nazorati doirasida quyidagi asosiy masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
📈Soliq tushumlari va reja ijrosi: Mahalladagi soliq tushumlarining tahlili hamda mahalliy budjetni shakllantirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar holati;
🤝Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Hududdagi tadbirkorlik subyektlarining soliq sohasidagi muammolarini o‘rganish va ularga huquqiy yordam ko‘rsatish;
💼Bandlikni ta'minlash: Norasmiy ishlayotgan fuqarolarni rasmiylashtirish va o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarga yaratilayotgan sharoitlar samaradorligi;
📝Kamchiliklar bilan ishlash: Mahallada aniqlangan soliq qarzdorliklarini kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar.
Amalga oshirilgan ishlar tasdiqlangan maxsus ro‘yxat asosida birma-bir ko‘rib chiqilib, tahlil qilindi. Yakunda hududda soliq intizomini mustahkamlash, aholi va tadbirkorlar bilan tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan soliq inspektoriga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Deputat nazorati — hudud rivoji va aholi farovonligining muhim omilidir.

Slide 1 of 5