35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH — DOIMIY EʼTIBORDA
янв.21
DEPUTAT OʻRGANISHI: MAHALLALARDA TADBIRKORLIK VA ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH — DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
XUSHXABAR: "YANGIARIQ TRANS" MCHJ AVTOPARKI 18 TA YANGI AVTOBUS BILAN BOYIMOQDA!
янв.21
URGANCH SHAHRI: VILOYAT KUTUBXONASI VA MADANIYAT MASKANLARI HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
OQTEPA MFY: BOGʻLAR VA HIYOBONLAR HOLATI KOʻZDAN KECHIRILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDA EKOLOGIK NAZORAT O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
BOG‘OT TUMANI KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA BEPUL DORI-DARMONLAR TARQATILISHI NAZORAT QILINDI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: MAHALLA FAOLLARI BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHI DEPUTATI TURDIQUL BOBOMURATOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI

XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHI DEPUTATI TURDIQUL BOBOMURATOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Turdiqul Bobomuratov “Qorasaroy” saylov okrugi saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash natijalari hamda hududlarda olib borilgan o‘rganishlar yuzasidan axborot berdi.

🔺 Mazkur yig‘ilishda Olmazor tumani hokimligi mas’ul xodimlari, siyosiy partiya vakillari, mahalla raislari, faollar hamda hudud aholisi ishtirok etdi.

🗣 Hisobot davomida deputat tomonidan ikkinchi chorakda saylov okrugi hududida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar bilan uchrashuv va qabullar, hududlarda aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar hamda deputatlik nazorati doirasida olib borilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

📁 Deputat T.Bobomuratov hisobot davrida Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 3 ta sessiyasi hamda 1 ta doimiy komissiya yig‘ilishida faol ishtirok etib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta’minlash, mahalla infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolar murojaatlari bilan ishlashga oid masalalar yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini ilgari surdi.

💡 Hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda fuqarolarning kundalik hayotiga bevosita daxldor masalalarga, jumladan ichki ko‘chalar va yo‘llar holati, tungi yoritish, kommunal xizmatlar sifati, ko‘p qavatli uylar va ularning atrofi, jamoat transporti, bandlik, ijtimoiy himoya hamda mahallalardagi obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

📉 Deputat tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni tizimli o‘rganish, zarur hollarda mas’ul davlat organlari va tashkilotlariga deputatlik so‘rovlari yuborish hamda ularning ijrosini nazorat qilish ishlari davom ettirildi. Bu orqali aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni manzilli hal etish va mas’ul tashkilotlarning javobgarligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Hisobotda deputatning jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash faoliyati ham qayd etildi. Xususan, ikkinchi chorak davomida deputat 3 ta tadbirda ma’ruza bilan chiqdi, 1 ta maqola chop ettirdi hamda 7 martadan ortiq ommaviy axborot vositalarida chiqish qildi. Mazkur chiqishlarda mahallalardagi dolzarb muammolar, aholi manfaatlari va deputatlik faoliyati natijalari yoritib borildi.

📋 Ochiq muloqot davomida "Qorasaroy” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalar ham muhokama qilindi. Mahalla raisi va faollar bilan hududni yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan fikr almashildi.

✅ Yakunida, deputat Turdiqul Bobomuratov saylovchilar va nuroniylarning duolarini olib, ular bilan ochiq va muntazam muloqotni izchil davom ettirishini ta’kidladi. Fuqarolarning har bir murojaatini atroflicha o‘rganish, hududdagi dolzarb masalalarni joyiga chiqqan holda tahlil qilish hamda ularning yechimini mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishi qayd etildi.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 7