35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH — DOIMIY EʼTIBORDA
янв.21
DEPUTAT OʻRGANISHI: MAHALLALARDA TADBIRKORLIK VA ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH — DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
XUSHXABAR: "YANGIARIQ TRANS" MCHJ AVTOPARKI 18 TA YANGI AVTOBUS BILAN BOYIMOQDA!
янв.21
URGANCH SHAHRI: VILOYAT KUTUBXONASI VA MADANIYAT MASKANLARI HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
OQTEPA MFY: BOGʻLAR VA HIYOBONLAR HOLATI KOʻZDAN KECHIRILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDA EKOLOGIK NAZORAT O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: MAHALLA FAOLLARI BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
BOG‘OT TUMANI KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA BEPUL DORI-DARMONLAR TARQATILISHI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🤝 BOYQISHLOQ MAHALLASIDA FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov Boyqishloq mahallasida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor uchrashuvni o‘tkazdi.

👥 Uchrashuvda tuman hokimligi mas’ullari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

📝 Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan yo‘l infratuzilmasi, elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minoti, bandlik, ijtimoiy soha va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar hamda takliflar bildirildi.

📌 Bildirilgan murojaatlar mas’ullar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi.

🤝 Fuqarolar bilan bunday ochiq muloqotlar aholini o‘ylantirayotgan muammolarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish, ularning yechimini ta’minlash hamda davlat organlari va aholi o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6