35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH — DOIMIY EʼTIBORDA
янв.21
DEPUTAT OʻRGANISHI: MAHALLALARDA TADBIRKORLIK VA ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH — DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
XUSHXABAR: "YANGIARIQ TRANS" MCHJ AVTOPARKI 18 TA YANGI AVTOBUS BILAN BOYIMOQDA!
янв.21
URGANCH SHAHRI: VILOYAT KUTUBXONASI VA MADANIYAT MASKANLARI HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
OQTEPA MFY: BOGʻLAR VA HIYOBONLAR HOLATI KOʻZDAN KECHIRILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDA EKOLOGIK NAZORAT O‘RGANILDI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: MAHALLA FAOLLARI BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
BOG‘OT TUMANI KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA BEPUL DORI-DARMONLAR TARQATILISHI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#162_qonun
#kotibiyat_mudiri_faoliyati

🗣“Obod yurt” mahallasida mahalla vakillari faoliyati tahlil qilindi

⏺Mahallalarda aholining muammolarini o‘rganish, ularni manzilli hal etish, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni joyida ko‘rib chiqish hamda mahalla faoliyatining samaradorligini oshirishda deputatlik nazoratining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi.

💬Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi mudiri A.Pardayev “Obod yurt” mahallasida bo‘lib, mahalla vakillarining faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularning ish samaradorligini tahlil qildilar.

Mahallalarda aholining muammolarini o‘rganish, ularni manzilli hal etish, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni joyida ko‘rib chiqish hamda mahalla faoliyatining samaradorligini oshirishda deputatlik nazoratining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur nazorat-tahlil jarayoni Mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi. O‘rganish davomida mazkur yo‘nalishlarda mahalla vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning holati, aholining murojaatlari bilan ishlash, mavjud ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularning yechimini ta’minlash borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.

Tahlil jarayonida shuningdek, 162 ta qonun hujjati asosida tuzilgan savolnomalar orqali mahalla vakillarining amaldagi qonunchilik va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.

Jumladan, aholining ijtimoiy himoyasi, bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, hududni obodonlashtirish, jamoatchilik bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash kabi yo‘nalishlardagi amaliy ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida tegishli tashkilotlarga yetkazish, ularning ijrosini nazorat qilish va fuqarolarga natijador yechimni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla vakillarining faoliyatini yanada takomillashtirish hamda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2